Xizmatlar
E'lonlar
INSTITUTDA “OBOD VA FAYZLI MAHALLA - YURT KO‘RKI” OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI O‘TKAZILDI
18-03-2023 3799
INSTITUTDA “OBOD VA FAYZLI MAHALLA - YURT KO‘RKI” OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH
UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-martdagi 91-F-sonli hamda 2023 yil 10 martdagi 111-F-sonli farmoyishi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 16-martdagi “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risidagi 01-F-sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan Institutning 2023 yil 17 martdagi 20-sonli buyrug‘i qabul qilinib, milliy qadriyatimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish hamda Institut hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash maqsadida Institutda 2023-yil 18-mart kuni “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
Mazkur umumxalq xayriya hasharida Institutning barcha xodimlari faol ishtirok etib, Institut hududidagi yerlarga ishlov berilib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, shuningdek, har xil turdagi mavsumiy gullar ekildi.
