Xizmatlar
E'lonlar
Avtomobil transporti sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlarni malakasini oshirish
14-06-2018 0
Avtomobil transporti sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlarni malakasini oshirish O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2006 yil 5 dekabrda 1626-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi”gi Nizomiga asosan quyidagi avtotransport xizmatlari bilan shug’ullanadigan xodimlarni malakasi oshiriladi:
Malakaviy talablarga muvofiq yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari va tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar bo‘lgan yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbarining o‘rinbosari uchun avtomobil yo‘nalishida oliy kasbiy ma’lumoti to‘g‘risida diplom, besh yildan kam bo‘lmagan ish staji ega bo‘lishi kerak.
Avtomobil ixtisosligi bo‘yicha oliy ma’lumoti bo‘lmagan, maxsus uskuna bilan jihozlangan maxsus axlat tashish avtomobillarida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib ketish bo‘yicha kommunal xizmatlar ko‘rsatish bilan band bo‘lgan yuridik shaxs rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari uchun malakalari muvofiq kelishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib, o‘rta-maxsus va kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplom va uch yildan kam bo‘lmagan ish staji yoki o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi attestat va besh yildan kam bo‘lmagan ish stajining mavjudligi.
Malakaviy talablarga muvofiq avtomobil yoki texnik yo‘nalishda oliy kasbiy ma’lumoti to‘g‘risida diplom, ish staji talab etilmaydi.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro konvensiyalar, shartnomalari va bitimlari me’yorlarini, “Xalqaro avtomobillarda tashishlarni amalga oshiradigan transport vositalari ekipajlarning ishga talluqli bo’lgan Evropa bitimi (TVEB)”ga asosan xalqaro tashuv bilan shug’ullanadigan haydovchilar malakaviy talablarga muvofiq BC toifali haydovchilik guvohnomasi bo’lishi kerak.
Malakaviy talablarga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkorlar guvohnomasi hamda BC toifali haydovchilik guvohnomasi bo’lishi kerak.
Malakaviy talablarga muvofiq korxonada kamida 1 yil ish stajiga ega hamda B,C,D toifali haydovchilik guvohnomasi ega bo’lgan haydovchi kamida ikki yilda bir marta o’z malakasini oshiradi.