BIZ HAQIMIZDA

14-06-2018 0

 

Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti Agentligining 2002-yil 11 martdagi 26i son buyrug‘i bilan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti Agentligi huzurida “Avtodaryotrans-ilm” kasb malakasini oshirish davlat ilmiy-metodik markazi sifatida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3589-son qaroriga asosan “Avtodaryotrans - ilm” kasb malakasini oshirish davlat ilmiy-metodik markazi negizida qayta tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-son qaroriga asosan Avtomobil transporti xodimlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi o‘rinlarda –Institut) O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi tizimiga o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi negizida ta’lim muassasasi shaklida Transport vazirligi huzurida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin

Institutning maqsad va vazifalari:

Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

ilmiy-pedagogik xodimlar va tahsil oluvchilarning tadqiqotlari hamda ijodiy faoliyati orqali fanni rivojlantirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish;

Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha Davlat talablari loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etish;

avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashdagi ta’lim jarayonining yuqori sifatini ta’minlash, ilg‘or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, Internet butunjahon axborot tarmog‘ini o‘quv jarayoniga tatbiq etish va ulardan samarali foydalanish;

avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va o‘quv-metodik ishlarni amalga oshirish;

ommaviy kasb kadrlarini tayyorlash, shu jumladan avtomobil transporti haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

ommaviy kasb kadrlarini tayyorlash, avtomobil transporti haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va dasturlari, o‘quv-metodik va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;

o‘quv seminarlari, seminar-treninglar, qisqa muddatli maqsadli kurslarni tashkil etish va o‘tkazish;

malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, Internet butunjahon axborot tarmog‘idan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

avtomobil transporti sohasidagi rahbarlar va mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xalqaro tajribasini umumlashtirish asosida zamonaviy innovatsiyalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish;

O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning o‘quv yurtlari bilan avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;

Institut professor-o‘qituvchilari tarkibining bilimlari va ko‘nikmalarini takomillashtirish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish samaradorligi va sifatini oshirish;

kurslar tinglovchilarini o‘zlari egallab turgan lavozimlardagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishini o‘tkazishga jalb etish;

kurslar tinglovchilarida kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlar, seminarlar, davra suhbatlari, ochiq munozaralar, ijodiy uchrashuvlar va boshqalarni tashkil etish va o‘tkazish;

kurslar tinglovchilari uchun mamlakat va jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha to‘lov asosida qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish;

kurslar tinglovchilari o‘rtasida mamlakat va jamiyat rivojlanishining unutilmas sanalariga bag‘ishlangan turli tanlovlar va viktorinalarni o‘tkazish;

kurslar tinglovchilarining istak va takliflarini hisobga olgan holda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha dasturlar va tadbirlarni ishlab chiqish;

malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida masofadan turib o‘qitish va boshqa samarali shakllarni joriy etish bo‘yicha normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;

malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida zamonaviy pedagogika texnologiyalari, o‘quv-metodik majmualarni joriy etish;

avtomobil transporti kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni rivojlantirish va takomillashtirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish, motivatsiya va mehnatni rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;

avtomobil transporti tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muammolariga doir respublika va xalqaro konferensiyalar, seminarlar, majlislar va boshqa ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.