Xizmatlar
E'lonlar
Bosh direktor birinchi o'rinbosari
23-04-2024 1022
Instituti bosh direktorining o'rinbosariga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
-
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda O’zbekiston avtomobil transporti agentligi buyruqlarini ijrosini ta’minlash;
-
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni ta’minlash;
-
Davlat ta’lim standartlari asosida avtotransport sohasida kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish;
-
Institutning tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish;
-
Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
-
Institutning daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
-
Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
-
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
-
O‘quv-tarbiya jarayonida malaka oshirish va qayta tayyorlash ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
-
Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va tinglovchilarda milliy g‘oyani shakllantirish;
-
Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
-
Tinglovchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
-
Institutning faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
-
Marketing xizmatini rivojlantirib, malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishi ehtiyojni o‘rganishni, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzilishini tashkil etish;
-
Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, Institutning Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, Institutning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;
-
O’zbekiston avtomobil transporti agenligi bilan kelishilgan holda xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
-
Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash;
-
O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.