Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

(99895) 196 44 43

Руководство

Bosh direktor

    SALIXOV fAXRIDDIN MUXIDDINOVICH

  Telefon: +998(71) 202-05-01 vun 501

  Faks: +998(71) 231-12-67

  Elektron pochta: 

  Qabul kunlari: Chorshanba

  

  1. Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bosh direktoriga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda O’zbekiston avtomobil transporti agentligi buyruqlarini ijrosini ta’minlash;

  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, Institutning umumiy masalalari bo‘yicha Institutning Ilmiy kengashi qarorlari va bosh direktor buyruqlarini bajarilishini tashkil qilish;

  • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;

  • Moliyaviy jarayonni ta’minlaydigan bo‘limlarni tashkil etish va nazorat qilish;

  • Institut xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali xodimlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;

  • Moliyaviy-xo‘jalik ishlarida xodimlar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

  • Oliy ta’lim muassasalari bilan moliyaviy-iqtisodiyot yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

  • Institutning moliya-iqtisodiyot va xo‘jalik ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;

  • Qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;

  • Institutning mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, divident va h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan tushgan mablag‘lardan tashqari boshqa tur xizmatlarni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

  • Institut xarajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borilishini nazorat qilish;

  • Institutning o‘quv laboratoriya binolari, tinglovchi turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshoatlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;

  • Institutga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha-smeta xujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;

  • Institutga tushayotgan mablag‘lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;

  • Institutning professor-o‘qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash;

  • Buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;

  • Buyurtmachilardan malaka oshirish va qayta tayyorlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish;

  • Tinglovchi va xodimlarni favqulodda holatlardagi hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;

  • Institut binolarini barqarorligini ta’minlash, yong‘inga qarshi kurash jihozlari bilan ta’minlash, ularning sanitar-gigiyenik holatlarini talab darajasida tutishni ta’minlash;

  • Professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim oluvchilarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy o‘quv va laboratoriya xonalarini tashkil etish;

  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

  1. Tarjimai hol:

 

 

батафсил...



Bosh direktor o'rinbosari

photo2022-06-0418-34-24.jpg   ERGASHEV SHERZOD TOSHPULATOVICH

  Telefon: +998(71) 202-05-01 vun 500

  Faks: +998(71) 231-12-67

  Elektron pochta: sh.ergashev@avtoilm.uz

  Qabul kunlari: Chorshanba

 

   

батафсил...



батафсил...