Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi

29-09-2023 1327

Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi

Atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va anʼanalari, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. 
 
Respublikamizda atlas va adras targ‘ibotini kuchaytirish, o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo meʼyorlarini targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida «Xon atlas» festivali keng nishonlanmoqda.